O‘zbekistonda 2020-yilning 1-aprelidan boshlab, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining maoshi oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, maoshlarning oshirilishi Vazirlar Mahkamasining 9-martdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Foto: Adliya vazirligi

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi bog‘chalar sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi. Shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi.

Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari o‘zgardi.

Avvalroq O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yil qo‘shilishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-maydan bog‘cha puli oshadi.