Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 18 yoshli o‘quvchi qiz 10-mart kuni o‘zini osib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Inform.kz”

Ma’lum qilinishicha, 2002-yilda tug‘ilgan o‘quvchi qiz shu yilning 10-mart kuni o‘z uyining issiqxonasida o‘z joniga qasd qilishi natijasida vafot etgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, uning o‘limiga bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat sabablari o‘rganilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman xalq ta’limi bo‘limi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiya, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda 26 yoshli erkak 2 yashar qizi va xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osib o‘ldirgan edi. Qashqadaryoda 22 yoshli talaba qiz o‘z uyida osilgan holda topilgan edi.