14:13, 14.03.2020 // 20004

Video: Shahzoda Charlz atrofda koronavirus yurganiga qaramay eski odatini tashlay olmayapti, beixtiyor odamlarga qo‘l uzatmoqda

Butun dunyoda tibbiyot xodimlari koronavirus yuqtirib olmaslik uchun qo‘l siqib salomlashmaslik va xayrlashmaslikni tavsiya qilmoqda.

Foto: Evening Standard

Ammo ushbu uzoq yillik an’anadan voz kecha olmayotgan mashhur insonlar, jumladan, siyosat olami vakillari ko‘p uchramoqda. Masalan, shahzoda Charlz bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Buyuk Britaniya qirolligi vakili ko‘pincha kimgadir peshvoz chiqqanida beixtiyor so‘rashish uchun qo‘l uzatib, so‘ngra taqiq esiga tushib, qo‘l siqishish fikridan qaytmoqda.

Avval shifokorlarning ushbu tavsiyasi sabab butun dunyoda salomlashishning antiqa usullaridan foydalanilayotgani haqida xabar va video berilgandi.

Qo‘l berib salomlashmaslik Germaniya kansleri Angela Merkel Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuvda mamlakat ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexoferning yonidan o‘tayotib, so‘rashish uchun unga qo‘lini uzatgan, ammo vazir uning qo‘lini siqishdan bosh tortganidan keyin, ayniqsa, shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv