O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ilk bemor Uzbekistan Airways’ning 10-martdagi Parij—Toshkent reysida kelgan (reys Toshkent vaqti bilan 11-martga o‘tar kechasi qo‘ngan). Bu haqda “Interfaks” agentligi o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganidan so‘ng Toshkentda niqob taqib yurganlar soni ko‘paydi (fotoreportaj)
Avvalroq O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, soat 6:00 da koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgani, bemor o‘zbekistonlik ayol ekani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning oila a’zolari ham tibbiy kuzatuvga olingan.
“Interfaks”ning qo‘shimcha qilishicha, Parijdan Toshkentga bemor ayol bilan birga yana 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi uchib kelgan. Ular orasida 24 nafar tranzit yo‘lovchi, jumladan, to‘rt nafar fransiyalik, bir nafardan Italiya va Braziliya fuqarolari bo‘lgan.
Mavzuga doir:
- Manba: Koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo‘lovchi Parijdan uchib kelgan
- O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ilk bemorni olib kelgan reysning barcha yo‘lovchilari izolyatsiya qilinadi
- O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bemor Fransiyadan kelgan
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 14-martdan Fransiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan edi. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi 14-mart kuni o‘zbekistonliklarga vaqtincha Fransiyaga bormay turishni tavsiya qilgan edi. Undan avvalroq, 4-mart kuni Fransiyadan qaytgan fuqarolar, agar oxirgi tashrifidan 14 kundan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, uy sharoitida izolyatsiya (uy karantini)ga olinishi ma’lum qilingan edi.