Mart oyiga belgilangan to‘ylarga aralashuv bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov 15-mart, yakshanba kuni, bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

“Mart oyida belgilangan to‘ylar davom etaveradi, ularga hech qanday aralashuv bo‘lmaydi”, — dedi bosh vazir Abdulla Aripov.

Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, to‘ylar Oliy Majlis tomonidan belgilangan talablar bo‘yicha o‘tkazilsa kifoya.