Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov homilador ayollar koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Foto: “RBK”

“Koronavirus infeksiyasidan saqlanish bo‘yicha homiladorlar uchun alohida ko‘rsatmalar mavjud emas. Kasallik havo tomchi yo‘li va muloqot orqali yuqish ehtimoli kuchli bo‘lgani sababli, homilador ayollar ham barcha profilaktika choralariga va karantin talablariga amal qilishlari talab etiladi.

Hozirda alohida toifalarni davolash usullari ham mavjud emas. Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qanday toifaga mansub bo‘lishidan, irqidan, millatidan qat’i nazar koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqqan. Aynan shu davolash bayonnomalari asosida O‘zbekistonda ham davolash chora-tadbirlari qo‘llaniladi”.

Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 13 nafarga yetdi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir O‘zbekiston fuqarosining turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Avvalroq Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan edi.

Shuningdek 11-mart kuni Fransiyadan (virus 15-mart kuni aniqlangan), 14-mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15-mart kuni Turkiyadan qaytgan uch fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Fransiyadan qaytgan fuqaroning o‘g‘liqiziturmush o‘rtog‘inevarasi va bir qarindoshida, Turkiyadan qaytgan fuqaroning rafiqasi va ular bilan bir reysda bo‘lgan bir fuqaroda ham kasallik aniqlangan.