G‘arbiy Virjiniya koronavirusga chalinishning ilk holati tasdiqlandi, deb yozmoqda “RBK” The Washigton Post gazetasiga tayanib. Shunday qilib, koronavirus AQShning barcha — 50 ta shtatida, shuningdek, Kolumbiya okrugida aniqlandi.

Foto: AP Photo

G‘arbiy Virjiniya gubernatori Jim Jastisning so‘zlariga ko‘ra, virus Merilend shtatiga chegaradosh Sharqiy Panxandl hududida aniqlangan. “Biz bunday bo‘lishini bilar edik, bunga tayyorgarlik ko‘rgandik, vahima qilmasligimiz kerak”, — degan gubernator.

Qayd etilishicha, yaqinda koronavirus holati qayd etilgan shtatlar orasida Aydaho, Montana va Alabama ham  bo‘lgan.

Jon Xopkins nomidagi Amerika universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 18-mart kuni AQShda 6 420 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 108 kishi vafot etdi, yana 17 kishi kasallikdan tuzaldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydan tashqarida 86 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holati aniqlangan, 3 388 kishi vafot etgan. Jami 182 ming nafardan ortiq odamda koronavirus borligi tasdiqlangan.

18-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Qirg‘izistonda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat qayd etildi.

Mavzuga doir: