Koronavirus odamlardan hayvonga yuqadigan kasalliklar sirasiga kirmaydi. Bu haqda 17-mart, seshanba kuni, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: UzReport

Inspeksiya rahbarining ta’kidlashicha, koronavirus aslida hayvonlardan odamga yuqadigan virusli kasallik hisoblanadi.

“Lekin koronavirus odamlardan hayvonga yuqadigan kasalliklar sirasiga kirmaydi. Shuning uchun koronavirusni odamdan hayvonga yuqqan holati tasdiqlangan emas”, – deydi u.

Nurmat Otabekovning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus 65 yil avval aniqlangan bo‘lib, asosan hayvonlarda uchraydigan virus hisoblanadi.