18-mart, chorshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Uxanda koronavirus avj olgan paytda Xitoyning turli burchaklaridan kelgan shifokorlar yana qaytib ketmoqda. Uxan vokzalida politsiyachilar ularni hurmat bilan kuzatib qo‘ymoqda.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Xitoyda o‘tgan sutka ichida koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 13 ta yangi holat qayd etildi
Bangkokdagi Vat Traymit ibodatxonasi hududini ishchilar dezinfeksiya qilmoqda. 5,5 tonnalik Buddaning oltin haykali saqlanadigan ushbu ibodatxonaga har kuni minglab turistlar tashrif buyuradi.
Foto: AFP
Parijdagi Barbes bozori oldidagi politsiya mashinasi. Karantin tufayli odamlarga faqat eng zarur vaqtda ko‘chaga chiqish ruxsat berilgan.
Foto: AFP
Nyu-Yorkdan San-Fransiskoga uchayotgan yo‘lovchilar bo‘sh o‘rindiqlar orasidan o‘tmoqda.
Foto: Reuters
Toshkentning Qo‘yliq dahasidagi vodiy “pitagi”da yo‘lga chiqishni kutayotgan, og‘iz-burnini ro‘molcha bilan yopib olgan yo‘lovchi.
Foto: “Daryo”
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi (video)
Alyaskadagi it qo‘shilgan chanalar poygasi g‘olibi norvegiyalik Tomas Verner finishga yetib kelmoqda.
Foto: AP Photo
Londondagi Xitrou aeroportida bosh-oyoq himoya kiyimini kiyib olgan sayohatchi yuklarini olib ketmoqda.
Foto: AP Photo
Tehronda himoya niqoblarini taqib olgan bank xodimlari mijozlar bilan polietilen sellofan ortidan muloqot qilmoqda. Eronda koronavirusga chalinganlar soni 17 mingdan oshib ketdi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Toshkentda bir kunda qiymati 123 mln so‘mlik sifatsiz tibbiy niqobning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi
Mavzuga doir: AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi
Toshkentning Qo‘yliq dahasidagi vodiy “pitagi”da akasining niqobini to‘g‘rilab qo‘yayotgan qizaloq.
Foto: ”Daryo”
Mavzuga doir: Karantin vaqtida maktab o‘quvchilari uchun darslar qaysi telekanallar orqali ko‘rsatilishi va ularning sanasi ma’lum qilindi
Malayziyaliklar Singapurga kirish taqiqlanishiga bir necha soat qolganda mazkur mamlakatga kirishga urinmoqda hamda Malayziya va Singapurni bog‘lab turuvchi Causeway ko‘prigi ustida tirbandlikni yuzaga keltirdi.
Foto: EPA
Chikagodagi okeanariumda Vellington laqabli pingvin okeanariumdagi boshqa jonzotlarni tomosha qilmoqda. Okeanarium tashrifchilar uchun yopilganidan so‘ng pingvinlarga bemalol sayr qilish imkoni berildi.
Foto: Reuters
Nyu-Yorkda koronavirusga bag‘ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlar bir-biridan ma’lum bir uzoqlikdagi masofada o‘tiribdi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Aktyor Jared Leto koronavirusdan bexabar bo‘lib, 12 kun sivilizatsiyadan uzoqda yashadi va “butkul boshqa dunyo”ga qaytdi
Kiyevdagi metro stansiyasida oxirgi poyezdni kutayotgan musiqachi skripka chalmoqda. Koronavirus xavfi tufayli Ukrainada metro yopildi.
Foto: Reuters
Pxenyanda yangi shifoxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Kim Chen In qurilishni Mehnat partiyasi tashkil etilganligining 75 yilligi nishonlanadigan 10-oktabrgacha tugatishga ko‘rsatma berdi.
Foto: KCNA
Koronavirus tufayli chegaralarda nazorat kuchaytirilgach Germaniya va Polsha chegarasida ko‘p kilometrli tirbandliklar hosil bo‘ldi.
Foto: EPA
Hindistonning Assam shtatidagi qishloqda tibbiyot xodimlari mahalliy aholiga koronavirus haqida tushuntirish berib, qo‘llarni qanday yuvish kerakligini ko‘rsatib berdi.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Ucholmay portlagan raketa, niqobdagi harbiylar, O‘lik dengizning yopiq plyajlari. 17-mart suratlari
- Toshkentda niqob taqishni boshlagan YPX inspektorlari, koronavirus sabab yo‘q qilinayotgan gullar, Yerdan ko‘ringan Venera. 16-mart suratlari
- O‘zbekistonga kelgan koronavirus, bo‘sh peshtaxtalar, harorat o‘lchayotgan monax. 15-mart suratlari
- Kimsasiz Ka’ba, “Koronasur” devi, lift tugmasini barmoqda bosolmayotgan eronlik. Hafta suratlari