Futbol bo‘yicha Angliyaning barcha professional ligalarida koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanafus 30-aprelga qadar uzaytirildi.

Foto: Twitter

Qarorga ko‘ra, Premyer Liga o‘yinlarini davom ettirish muddatlari kechiktirilgan. Biroq nima bo‘lgan taqdirda ham mavsum yakunlab qo‘yilishi ma’lum qilindi.

“Angliya futbol assotsiatsiyasining (FA) qoidalari bo‘yicha mavsum 1-iyungacha yakunlanishi lozim. Biroq FA rahbariyati 2019/20-yilgi mavsum vaqtini uzaytirishga qaror qildi.

Shuningdek, barcha professional futbol o‘yinlari kamida 30-aprelga qadar qoldirildi”, — deyiladi APL bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvaliga tanaffus 4-aprelga qadar belgilangandi.

19-mart holatiga Buyuk Britaniyada koronavirus bilan bog‘liq 2642 holat qayd etildi. 72 kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!