Apple kompanyasi yangi iPad planshetini taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Apple

Yangi iPad Pro’ga LiDAR-sensorli uchtalik kamera o‘rnatilgan bo‘lib, tasvirga olinayotgan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchay oladi. Sensor 5 metrgacha bo‘lgan masofada ishga tushadi. Shuningdek, planshet A12Z Bionic protsessori hamda beshta mikrofon bilan jihozlangan.

11 dyuymli iPad Pro 799 dollardan sotilmoqda, 12,9 dyuymli iPad Pro’ning narxi esa 949 dollardan boshlanadi.

Avvalroq Apple bir vaqtning o‘zida ikkita hamyonbop iPhone qurilmasini taqdim etishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Apple rahbari koronavirus tufayli ishchilarga uydan ishlashga ruxsat bergan, Xitoydan tashqaridagi barcha do‘konlarini ikki haftaga yopmoqda.