OmniFob startapchilar jamoasi uydagi texnikalarni smartfondan foydalanmay turib, masofadan boshqarish imkonini beruvchi “aqlli” brelokni taqdim etdi, deb yozadi Faina Idea.

Foto: Faina Idea

Ixtirochilarning ma’lum qilishicah, OmniFob brelogidan nafaqat smartfon o‘rnini bosuvchi, balki boshqaruvchi qurilmalar o‘rnida ham foydalanish mumkin. Masalan, OmniFob garaj eshigini boshqarishi, avtomobil qayerda turganini aniqlashi va uni GPS-trekker bilan ulab qo‘yishi mumkin. Shuningdek, brelok yordamida uydagi boshqa qurilmalarga “buyruq” bersa ham bo‘ladi.

Foto: Faina Idea

Foto: Faina Idea

Foydalanuvchi uskunaning har qanday ishlash rejimini faollashtirishi mumkin.

Narxi 91 dollar atrofida bo‘lishi kutilayotgan devays aprel oyida sotuvga chiqishi mumkin.