Aktyor va rejissor Sohib Abbosxon “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda aktyor va prodyuser Habibulla Nizomov tashkillashtirdi.

Foto: “Daryo”

Bugungi kunda AQShda biznes bilan shug‘ullanib kelayotgan mashhur o‘zbek aktyori Sohib Abbosxon AQShga borgan kunlaridagi qiyinchiliklar va qizining so‘zlari yig‘latgani haqida gapirib berdi.

AQShga yangi kelgan vaqtimda “men AQShga keldim” deganingizda, men qochardim, uyalardim, endi uyalmayman, chunki o‘sha bosqichlardan o‘tib bo‘ldim.

Men AQShga birinchi kelganimda mehmonxonada suvoqchi bo‘lib ishlaganman. Bu ish bilan 45 kun shug‘ullanganman.

Qizimning maktabidagilar unga ‘dadang AQShda mehmonxona tozalab yuribdi’, deb gapirgan ekan. Bu yerda ishlagan o‘zbeklar ularga shunday deyishgan bo‘lsa kerak. O‘sha kuni o‘sha gapni eshitib yig‘laganman. Kecha obro‘-e’tiborda kino olib yurgan edim, bugun bunday ahvoldaman deb yig‘laganman. Lekin oldimga qo‘ygan maqsadlarim bu qiyinchiliklardan ustun kelgan.

Bu gap-so‘zlar bolalarga yomon ta’sir qiladi.

Sohib Abbosxon, aktyor va rejissor

Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan.