Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) va ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) doirasidagi barcha musobaqalar koronavirus sabab 8-iyunga qadar to‘xtatildi.

Foto: Yandex Photos

ATP matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur sanagacha bo‘lgan bo‘lgan musobaqalarning barchasi muzlatilgan. 8-iyundan keyingi bellashuvlar taqvim bo‘yicha o‘tishi reja qilingan.

Shu tariqa ayollar va erkaklar o‘rtasidagi Madrid hamda Rimdagi musobaqa, Starburg (Fransiya) hamda Rabot shahridagi WTA turnirlari. Shuningdek, ATP doirasidagi Myunxen (Germaniya), Eshtoril (Portugaliya), Jeneva (Shveysariya) va Liondagi (Fransiya) musobaqalar taqvim bo‘yicha o‘tkazilmaydi.

Xalqaro tennis assotsiatsiyasi (ITF) ham 8-iyunga qadar bo‘lgan musobaqalarni to‘xtatganini ma’lum qildi.