An’anaviy Eurovision tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi tufayli qo‘shiqlar tanlovini qoldirishga qaror qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: Evrovision Song Contest

“Yevropa eshittirishlar ittifoqi murakkab qaror qabul qildi, tanlovni o‘tkazish imkonsiz”, — deyiladi tashkilotchilar xabarida.

Qo‘shiqlar tanlovi 12—16-may kunlari Rotterdam shahrida o‘tkazilishi kerak edi.

Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi. 17-martga kelib Yevropaning barcha davlatlarida koronavirus qayd etilgan va Yevropa Ittifoqi virusga qarshi kurashish maqsadida xorijliklarning tashirifini 30 kunga cheklab qo‘ydi. 19-mart kuni JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 23 nafarga yetdi.