20-mart, juma kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Xitoyning Uxan shahridagi bolalar shifoxonasida hamshira koronavirusga chalingan chaqaloqqa qaramoqda.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Xitoyning Xubeydan tashqari boshqa hududlarida koronavirus bilan kasallangan 282 bemor qoldi
Hindistonning Jammu shahridagi bo‘shab qolgan bozor dezinfeksiya qilinmoqda. Hukumat dorixona va oziq-ovqat do‘konlaridan boshqa barcha muassasalarni yopishga buyruq berdi.
Foto: EPA
Toshkent shahridagi aksariyat dorixonalarning eshiklarida shu kunlarda uchratish mumkin bo‘lgan yozuv.
Foto: “Daryo”
Italiyalik juftlik koronavirus tufayli to‘yini bekor qilmaslikka qaror qildi. To‘yda faqat kelin-kuyov va guvohlar ishtirok etdi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopiladi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi
Shri-Lankadagi liq to‘la avtobusda ketayotgan niqob taqqan yo‘lovchilar. Shri-Lankada koronavirusga chalinganlar ko‘payishi ortidan dam olish kunlari komendantlik soati e’lon qilindi.
Foto: Reuters
Uch karra Olimpiada chempioni bo‘lgan yaponiyalik sportchilar — Saori Yoshida va Tadaxiro Nomura olimpiya mash’alasi bilan.
Foto: AFP
Mavzuga doir: Tokio—2020 Olimpiadasi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi
Ispaniyalik o‘t o‘chiruvchilar shlanglar yordamida “Uyda qoling” yozuvini yozdi. Ispaniya koronavirus yuqtirib olganlar soni bo‘yicha Xitoy va Italiyadan keyin 3-davlat bo‘lib turibdi.
Foto: EPA
Mavzuga doir: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallarni e’lon qildi
Bolgariyaning “Iroda” partiyasi rahbari Veselin Mareshkin va uning partiyasi deputati parlamentdagi debatlarda himoya kostyumida o‘tiribdi.
Foto: Reuters
Avstraliyada futbol bo‘yicha mamlakat chempionatining navbatdagi turi doirasidagi o‘yin “yopiq eshiklar” ortida o‘tdi. Shu sababli muxlislar stadion tashqarisidan turib jamoasini qo‘llab-quvvatladi.
Foto: EPA
Britaniyaning Chester shahridagi hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan fil bolasi ommaga namoyish etildi.
Foto: PA Media
Braziliyadagi binolardan birining devoriga mamlakat prezidenti Jair Bolosanaruning niqobdagi portreti tushirildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, prezident dastlab koronavirus pandemiyasiga “fantaziya” deb baho bergan. Endi uning o‘zi ham shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Foto: EPA
Mavzuga doir: “Menga ta’sir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, deganlar xato qiladi”. Prezident koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi
Yangi Moskvada koronavirusga chalinganlikda gumon qilinayotgan bemorlar uchun yangi yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilmoqda. Shifoxona 500 o‘ringa mo‘ljallangan.
Foto: “TASS”
Tashlab yuborilgan atirgullar. Koronavirus pandemiyasi tufayli Keniya gullarni Yevropaga jo‘nata olmayapti.
Foto: Reuters
Fransiyaning Syuren kommunasidagi bolalar maydonchasida o‘rindiqni dezinfeksiya qilayotgan ishchi.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Iso haykaliga tushirilgan bayroqlar, koronavirus bo‘yicha videoselektor, niqobini tuzatayotgan prezident. 19-mart suratlari
- Uxandan ketayotgan shifokorlar, Qo‘yliqdagi vodiy “pitagi”, chegaralardagi tirbandliklar. 18-mart suratlari
- Ucholmay portlagan raketa, niqobdagi harbiylar, O‘lik dengizning yopiq plyajlari. 17-mart suratlari
- Toshkentda niqob taqishni boshlagan YPX inspektorlari, koronavirus sabab yo‘q qilinayotgan gullar, Yerdan ko‘ringan Venera. 16-mart suratlari