Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “O‘zbektelekom” kompaniyasi o‘zining simli internet va mobil aloqa abonentlariga karantin davrida bir qator OAV saytlari va ta’lim manbalaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Foto: “Uztelecom.uz”

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, to‘liq va ishonchli ma’lumot hamda masofaviy ta’lim olish uchun 20-martdan 1-maygacha “O‘zbektelekom” abonentlari cheklovsiz va internet trafik sarf etmagan holda quyidagi manbalardan foydalanishlari mumkin:

Onlayn-OAV:

Ta’lim bo‘yicha veb-manbalar:

Koronavirus tarqalishining interaktiv xaritasi:

Izoh: bepul foydalanish quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

  • abonent holati faol bo‘lishi kerak;
  • bepul kirish ta’minlangan manbalarning IP-manzillari o‘zgartirilganda, shuningdek, ko‘rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari (masalan, xabar ichidagi YouTube, Facebook, Twitter, Telegram’dan qo‘yilgan video va boshqa ko‘rinishdagi materiallar) va ilovalarni ishlatishda paydo bo‘ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o‘zgartirilganda, abonent tarif rejasiga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to‘lov olinadi. Proksi-server (shu jumladan, VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish ta’minlanmaydi.

Avvalroq Beeline va Mobiuz aloqa operatorlari ham o‘z abonentlariga “Daryo”ga karantin davrida bepul kirish imkoniyatini taqdim etgan edi.