O‘zbekiston Daniya va Benilyuks davlatlari — Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg bilan fuqarolarning bo‘lib turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Tury Club

Shu sababli ushbu mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolariga vizasining amal qilish muddati tugamasdan mahalliy migratsiya xizmati bo‘limlariga murojaat qilishlari qat’iy tavsiya qilinmoqda.

Qayd etilishicha, karantin chog‘ida elchixonada konsullik-huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish masofadan turib (bevosita tashrif buyurmasdan) amalga oshiriladi.

Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolari Bryussel shahridagi elchixona huzuridagi operativ shtabga murojaat qilishlari mumkin.