2020-yilda iste’dodli qo‘shiqchi Billi Aylish va uning akasi samarali ijod qilib, barcha rekordlarni zabt etmoqda. Finneas va Billi umumiy hisobda 10 ta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritish bilan birga premyerasi 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Jeyms Bond haqidagi filmga saundtrek kuylashga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Peopletalk

Ma’lumot uchun, Finneas nafaqat Billining qo‘shiqlari matni muallifi, prodyusseri, balki qo‘shiqchi ham. U tomonidan ijro qilingan Let’s Fall in Love for the Night qo‘shig‘iga ishlangan klip qisqa fursat ichida YouTube’da 700 ming martadan ortiq ko‘rildi.