Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida 300,2 million dollarlik yengil avtomobillar import qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga ko‘p.

Foto: “Daryo”

2020-yilning fevralida avtomobillar importi keskin qisqargani haqida xabar berilgandi. Xususan, yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019-yil yanvar oyiga qaraganda 28,4 million dollarga kam.

Bunday keskin qisqarishga 2019-yilda narxi 40 ming dollardan ortiq bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar amalda bo‘lgani va 2020-yilning 1-yanvaridan mazkur imtiyozlarning bekor qilingani sabab bo‘lgan.