Rossiyaning “Moskva 24” telekanalidagi “Tungi navbatchilik” ko‘rsatuvida koronavirus ko‘rinishida kiyinib olgan aktyor boshlovchining bir qator savollariga javob berdi.

Kadr: “Moskva 24”

Dastur davomida “virus” o‘zining Moskvaga kelishi, maqsadlari, hayotga bo‘lgan qarashlari, yoqtirgan joylari va daromadi haqida hazilomuz tarzda so‘zlab bergan.

Suhbatni diqqat bilan tinglagan tomoshabin xavfli kasallikning qurboniga aylanmaslik uchun nima ishlar qilmaslik lozimligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladi.

Soddaroq qilib tushuntirilganda, koronavirusdan qo‘llarni yuvish, o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish va boshqa tavsiyalarni bajarish orqali qochish mumkin.

“Bu ishlarni nega qilyapsiz?” degan savolga “koronavirus” hech kimga yomonlik yoki o‘lim tilamasligini, shunchaki uning tabiati shunday tuzilganini ta’kidlagan.