Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatidan safarga otlangan yengil avtomobillar Bo‘ka—Guliston yo‘li orqali respublikaning boshqa hududlari bilan bog‘lanishi mumkin. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati “Kun.uz”ga ma’lum qilgan.

Qamchiq dovoni.

Foto: “O‘zavtoyo‘l” DAK

Avval Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temiryo‘l) 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilingani, shuningdek, 22-martdan Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti — avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabarlar berilgandi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga kirish ham yopilgan. Viloyatdagi barcha buyum bozorlarining faoliyati ham vaqtincha to‘xtatilgan.