Yaponiyada sakura daraxtining gullash mavsumi boshlandi. Tokio aholisi koronavirus pandemiyasiga qaramasdan mahalliy bog‘larga yo‘l olib, daraxtlar bilan rasmga tushmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Reuters

An’anaga ko‘ra, sakura mart oyining ikkinchi yarmida yoki aprelning boshida gullay boshlaydi, mamlakat meteorologiya xizmatlari sakuraning janubdan shimolga tomon gullash harakati haqida kunlik hisobot berib boradi.

Foto: Reuters

Yaponiyada olcha rang sakura bulutni hamda hayotning o‘tkinchi ekanligini ifodalaydi.

Foto: Reuters

Sakura gullari deyarli barcha Yaponiya iste’mol mahsulotlarida, xususan, kimono, kanselyariya mahsulotlari va idish-tovoqlarda ham tasvirlanadi.

Foto: EPA

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: “TASS”