Butun dunyoda muzeylar karantinga yopilmoqda, lekin internet orqali ularni bemalol aylanish mumkin, deb yozadi Afisha Daily.

Foto: Afisha Daily

Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi

Foto: Afisha Daily

Nyu-Yorkdagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeylardan biri ishdan tashqari vaqtda bo‘sh muzeyning sehridan bahra olishga va hatto qush parvozi balandligidan unga nazar tashlashga chorlamoqda.

Moskvadagi Tretyakov galereyasi

Foto: Afisha Daily

Endilikda Tretyakov jamlanmasi bilan sutkaning istalgan paytida tanishish mumkin.

Nyu-Yorkdagi MoMA muzeyi

Foto: Afisha Daily

Zamonaviy san’at namunalarini o‘zida jamlagan dunyodagi eng birinchi va eng taniqli muzey. Bu muzeyni har bir inson hech bo‘lmasa bir marta o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak. Hozircha esa undagi jamlanmadan onlayn bahra olamiz.

Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi

Foto: Afisha Daily

Bu yerda dunyo tashvishlarini unutib, haqiqiy ma’noda madaniy hordiq chiqarishingiz mumkin.

Budapeshtdagi tasviriy san’at muzeyi

Foto: Afisha Daily

Muzeydagi Breygel va Goyaning taniqli ishlaridan tashqari qadimiy Misr bo‘limini ham tomosha qilish zarur.

Krakov milliy muzeyi

Foto: Afisha Daily

Krakova muzeyiga hozir vaqt topmasangiz, buni qachon qilasiz? Aynan ushbu muzeyda 2017-yildan beri Leonardo da Vinchining “Oqsuvsar tutgan ayol” asari saqlanmoqda.

Florensiyadagi Uffitsi muzeyi

Foto: Afisha Daily

Ushbu muzey o‘zining betakror jamlanmasi bilan “ajoyibotlar muzeyi” degan nomga sazovor bo‘lgan. Bu yerda taniqli mo‘yqalam ustalarining eng sara asarlari saqlanadi.

Londondagi Britaniya muzeyi

Foto: Afisha Daily

Vaqtingizni foydali va mazmunli o‘tkazishingiz uchun ushbu muzeyda barcha imkoniyatlar mavjud. Uning YouTube’dagi sahifasida qiziqarli videolarni ham ko‘rishingiz mumkin.

Nyu-Yorkdagi Solomon Guggenxaym muzeyi

Foto: Afisha Daily

Muzeydagi jamlanmalar ham boshqa muzeylar kabi sizni hayratga soladi, dunyoqarashingizni boyitadi.

Amsterdamdagi Van Gog muzeyi

Foto: Afisha Daily

Vinsent Van Gog murakkab jarayonlarda san’atni qanday rivojlantirish kerakligini juda yaxshi bilgan.

Parijdagi Luvr muzeyi

Foto: Afisha Daily

Hatto bu muzeyga bir necha marta borgan odam ham undagi hamma eksponatni ko‘rganman, deb ishonch bilan ayta olmaydi. Onlayn rejimida esa sizda bunday imkoniyat bor.

Vena tarix va san’at muzeyi

Foto: Afisha Daily

Ushbu muzeydagi sokinlik sizga xotirjamlik baxsh etadi. Birgina “Yudif va Olofern” suratining o‘zi ushbu muzeyga borishga arziydi.