Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hududdagi barcha restoran, kafe va odamlar to‘planadigan ommaviy maskanlarni yopishni buyurdi. Bu haqda Qodirovning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilingan.

Foto: MSN

Qodirov Checheniston aholisini zarurat bo‘lmaganda respublikani tark etmaslik va uyda o‘tirishga chaqirdi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tahlil natijalari Chechenistonda taxminan uch nafar odamda koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan.

Checheniston Rossiyada koronavirus sabab umumiy ovqatlanish muassasalari yopilgan birinchi ma’muriy hududga aylandi.