Ulyanovsk avtozavodi ijtimoiy tarmoqlarga 1970-yillarda “Buxanka” bazasida qurilgan aviatsiya dvigatellarini harakatga keltirishga mo‘ljallangan yordamchi mashinaning kamyob suratlarini joylashtirdi. Furgonni havo kemalari uchun havo “starteri”ga aylantirish maqsadida “UAZ” kuzoviga TA-6A aviatsiya dvigateli o‘rnatilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Aerodromda harakatlanishga mo‘ljallangan “UAZ-452/3741”ni uning old bamperiga o‘rnatilgan 12 metrli “qo‘l” yordamida ajratib olish mumkin. Aviatsiya motori o‘rnatilgan “Buxanka”dan samolyotning asosiy startyori ishdan chiqqanida, reaktiv dvigatelni harakatga keltirishda foydalanilgan.

Jarayon quyidagicha amalga oshirilgan: TA-6A’ning bir valli gazturbina dvigatel kompressori Selsiy bo‘yicha 200—220 daraja qizdirilgan havoni samolyotning aviadvigateliga o‘rnatilgan shtutserga “qo‘llari” orqali yuborgan. Siqilgan havo energiyasi “Tu-154”, “IL-62”, “IL-76” kabi samolyotlarning dvigatelini “qayta uyg‘otishi” mumkin bo‘lgan.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

“Buxanka” kabinasida aviatsiya motorini boshqarishga mo‘ljallangan qurilmalar, aerodrom bilan aloqa tizimlari hamda samolyot ekipaji bilan muloqot qilish vositalari bo‘lgan. Gaztrubinali dvigatelning ishini kuzovdagi harorat datchiklari nazorat qilgan, favqulodda holatlar uchun “Buxanka” o‘t o‘chirish tizimi bilan jihozlangan.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor