Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi. Hozirda shifoxonalarda 4735 kishi qolmoqda, deb xabar beradi Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi.

Foto: AP Photo

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida mamlakatda 78 kishida koronavirus aniqlangan va 7 kishi vaof etgan (barchasi Xubey provinsiyasida). Shu bilan birga davolanishga muvaffaq bo‘lgan 456 bemorga shifoxonadan javob berilgan.

Ayni vaqtda Xitoy hududida jami 81 171 kishi koronavirus bilan kasallangan (ularning 73 159 nafari tuzalib ketgan). Virus qurbonlari soni 3277 kishiga yetgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi. Respublikada mahalliy aviaqatnovlar va respublika bo‘ylab poyezdlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning yopildi.