Eronda bir kunda 1,7 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirgan, 122 kishi vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Eron sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Kianush Jahonpurning ma’lum qilishicha, kasallanganlarning umumiy soni 25 mingga, vafot etganlar esa 2 ming kishiga yaqinlashdi.

Foto: AP Photo

“So‘nggi sutkada mamlakatning turli viloyatlarida COVID-19 bilan kasallanishning 1 762 ta yangi holati qayd etildi. Shuni hisobga olgan holda kasallanganlarning umumiy soni 24 811 kishiga yetdi”, — degan u. Shuningdek, 8 913 kishi virusdan tuzalganini ta’kidlagan.

Kianush Jahonpur kasallanganlar sonining ortishi mamlakatda koronavirusni aniqlash uchun kuchlar safarbar etilgani bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlagan. Xususan, kamida 41 million kishining sog‘lig‘i tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Eronda koronavirus qurbonlari sonining keskin ortishi mart oyi o‘rtalarida kuzatilgan: bir haftadan ko‘proq vaqt davomida har kuni qurbonlar soni avvalgi kunlarnikidan ortiq bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holati — 149 kishi Eronda 19—20-mart kunlari qayd etilgan. Shundan so‘ng 4 kun davomida qurbonlar soni 130 kishidan oshmagan.

Avvalroq Eronda koronavirusni aniqlaydigan dastur yaratilgani, u millionlab odamlarning harakatini nazorat qilayotgani xabar berilgan edi.