O‘tgan bir sutka ichida butun dunyo bo‘ylab qariyb 40 ming kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Foto: “TASS”

Pendemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 372 757 kishiga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida 39 827 kishida kasallik aniqlangan.

Shuningdek, 24-mart kuni koronavirus oqibatida 1722 kishi vafot yetgan, natijada COVID-19 qurbonlari soni 16 231 kishiga yetdi.

Kasallikni yuqtirib olish bo‘yicha aksariyat holatlar Yevropa davlatlari (24 087), shuningdek, Janubiy va Shimoliy Amerika hududlarida (12 428) qayd etilgan.

Yevropa davlatlari orasida kasallar soni bo‘yicha Italiya birinchi o‘rinda ketmoqda (63 927 kishi), undan keyingi o‘rinlarda Ispaniya (33 089) va Germaniya (29 212).

Avvalroq JSST koronavirus pandemiyasining tarqalishi tezlashganini ma’lum qilgandi. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 55 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Bemorlardan biri na xorijda bo‘lgan, na kasallangan kishilar bilan muloqotda bo‘lgan. Ayni vaqtda besh bemor sog‘aygani ma’lum qilindi.