Rosaviatsiya Moskvadan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarini olib chiqib ketishda muammolar borligini ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Idora ushbu qiyinchiliklarga mamlakatlar rasmiy hukumatining yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha pozitsiyasini sabab qilib keltirgan, biroq gap aynan nima haqida ekanligiga oydinlik kiritmagan. “Ushbu masalani barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 23-mart kuni Moskvadan O‘sh viloyatiga “Ural aviatarmog‘i” orqali 297 nafar Qirg‘iziston fuqarosi yetkazilgan. U yerda Yekaterinburgga 17 nafar Rossiya fuqarosi qaytib kelgan.

Rosaviatsiyaning ma’lum qilishicha, 23-mart kunining o‘zida dunyoning yetti davlatidan 1,3 mingdan ortiq fuqaro Rossiyaga olib kelingan: Bolgariya, Misr, Ispaniya, Kipr, Marokash, Serbiya va Fransiya.

Eslatib o‘tamiz, 16-martdan boshlab O‘zbekiston koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatdi. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi.

Avvalroq Uzbekistan Airways chet ellik fuqarolarni Moskvaga va o‘zbekistonlik fuqarolarni Moskvadan Toshkentga olib kelish uchun 17-mart kuni Toshkent—Moskva—Toshkent charter reysni amalga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, 24-mart kuni ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha charter reys amalga oshirilgan.