Rossiyada 9-martdan 22-martgacha sport va ov miltiqlari uchun patronlar to‘plami savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 130 foizga, beysbol tayoqlari savdosi esa 29 foizga oshdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: “TASS”

Qayd etilishicha, xaridorlar bitalarning eng arzon modellarini sotib olmoqda, patronlarga esa ko‘proq mablag‘ sarflamoqda.

“Hozir ish tiqilib yotibdi, haqiqiy avral. Savdo sezilarli o‘sdi”, — degan patronlar sotiluvchi do‘konlaridan birida. Buning sabablaridan biri sifatida oddiy mavsumiy omil ko‘rsatilgan.

“O‘q patroni bu ko‘proq ko‘ngilochar, sport miltig‘i uchundir, sochma o‘q u yoki bu o‘ljani ovlaydigan ovchilar uchun. Hozir bahorgi mavsum — o‘rdak, g‘ozlar, ya’ni sochma o‘qqa talab ortgan payt. O‘q patroniga talab esa doim bor. Yilning istalgan paytida uni tir yoki boshqa maqsadlarda sotib oladilar”, — deydi qurol sotiluvchi boshqa bir do‘kon rahbari.

Buning yana bir sababi valyuta o‘zgaruvchanligidir. “Bizda sport otishmasini yaxshi ko‘ruvchilar ko‘p. Sportning bu turi bilan 20 mingdan ortiq kishi shug‘ullanib keladi. Unga bo‘lgan talab nega bunchalik yuqori? Ehtimol dollarning ko‘tarilgani sababli odamlar qurollar va o‘q-dorilar narxi oshishidan qo‘rqar”, — deydi kalibrli sport otish kompleksining otish bo‘yicha murabbiyi Sergey Soldetskiy.

“Nega odamlar qiyin vaziyat paytda xalq patronlar sotib olishga shoshayotganini aytishim qiyin, — deydi Moskva amaliy otish federatsiyasi raisi Aleksey Rogozin. — Bu holatda fitnes-markazlarning barchasi yopiq. Xalq nima bilandir shug‘ullanishni xohlaydi. Otishni yaxshi ko‘ruvchilar taqiqlab qo‘yilmasidan u bilan shug‘ullanishga o‘tdi. Hozir barcha klublarda odam gavjum, hatto bizning xizmatlarga talab ortgan. Doim shunday bo‘lgan: har qanday inqirozli paytda odamlar faollashadi”.