Aktrisa Shahzoda Matchonova koronavirus karantiniga qadar unga sovg‘a qilingan 8 mingta pufak bilan tushgan suratlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

“Koronavirusgacha bo‘lgan ajoyib kunlarning birida. Doimgidek tez-tez beriladigan savollarga javob beraman:

  1. Yo‘q, uchib ketmadim, lekin ularni tutib turish juda qiyin bo‘ldi. Hozir uchib ketsam kerak, deb o‘yladim.
  2. Pufaklarni uchirib yubormadik. Hovliga bog‘lab qo‘ydik. Ular bir hafta mobaynida nafaqat meni, balki uydagi hamma bolalarni ham xursand qildi. Keyin ular olib ketildi va yo‘q qilindi.
  3. Bu yerda 8 mingta pufak bor.
  4. Keyin, iltimos, o‘zingizniki bo‘lmagan pullarni qanday ishlatish haqida yozmang. Bu eng kamida madaniyatsizlik.
  5. Ushbu syurprizni uyushtirgan odam xayriya bilan shug‘ullanadi va odamlarga yordam beradi. Xavotir olmang”, — deb yozadi aktrisa.

Umuman olganda, Shahzoda Matchonova pufaklarni yoqtiradi. Aktrisaning Instagram sahifasida uning minglab pufaklar bilan tushgan rasmlarini ko‘rish mumkin.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

Avvalroq Shahzoda Matchonova xorijdan qaytganidan so‘ng koronavirus aniqlangan o‘zbekistonliklarga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘layotgan, ijtimoiy tarmoqlarda ular haqida xunuk gaplarni yozib qoldirganlarga murojaat qilib, ularni bag‘rikeng va sabrli bo‘lishga undagan edi.