Tarmoqlarda Airbus avikompaniyasiga tegishli xususiy samolyotning hashamatli saloni suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Daily Star.

Foto: Daily Star

Airbus ACJ32Oneo samolyoti qizil yog‘ochdan ishlangan bir necha karovat bilan jihozlangan. Shuningdek, bortda charm divanlar va ulkan yuvinish xonasi mavjud. Ta’kidlanishicha, havo kemasi bortidagi yuvinish xonasi Airbus laynerlari orasida eng kattasi hisoblanadi.

Foto: Daily Star

Samolyotda 17 nafar yo‘lovchi bemalol uxlashi yoki 19 kishi o‘tirgan holda uchishi mumkin. Havo kemasining dizaynini taniqli interyer Iv Pikardt Britaniyaning Acropolis Aviation charter kompaniyasi uchun yaratgan.

Foto: Daily Star

Foto: Daily Star

Airbus ACJ32Oneo 9,7 ming kilometr masofaga uchishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning ijarasi 90 million funt turadi.