Uydan turib ishlash xalatni kiyib olib, uy bekasiga aylanish uchun sabab bo‘la olmaydi. Birozgina xohish va harakat bo‘lsa, uyda ham chiroyli obrazda yursa bo‘ladi. Burning hut nashri uyda ishlovchilar uchun zamonaviy va bejirim obrazlarni taqdim etdi.

Pijama uslubidagi kostyum

Foto: Burning hut

Uy ofisi uchun eng sodda variant. Shoyi, paxta yoki trikotaj pijama uslubidagi kostyumni xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin.

Ko‘tarinki kayfiyat uchun ushbu obrazni taqinchoqlar yoki soch uchun aksessuarlar bilan boyiting.

Kofta-ko‘ylak

Foto: Burning hut

Kofta-ko‘ylak xalatga qaraganda bir necha marta chiroyliroq va hamkasblaringizdan birontasi sizga videoqo‘ng‘iroq qilib qolganida ham bu obrazda uyalib qolmaysiz. Bunday kiyimda bemalol ko‘chaga ham chiqib ketaverasiz, oyog‘ingizga qulay oyoq kiyim kiysangiz bas.

Jogger va svitshot

Foto: Burning hut

Bu obraz sport uslubida kiyinishni yoqtiradiganlar uchun ayni muddao. Obrazni yanada yorqinroq qilish uchun olimpikaning ustki qismini svitshot bilan almashtiramiz.

Kimono uslubidagi ko‘ylak

Foto: Burning hut

Kimono kardigan o‘rnini bosa oluvchi qulay kiyim. Quyidagi obraz uchun yorqin geometrik shakllar tushirilgan kimono tanlangan. Bu esa sizga yoz va dam olish mavsumi yaqinlashayotganini eslatib, kayfiyatingizni ko‘taradi. Obrazni turli aksessuarlar bilan bezatsangiz, bu ish unumdorligingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yumshoq slans shippagi esa obrazni yanada boyitadi.

Shim va topik

Foto: Burning hut

Ushbu obrazda yorqin ranglar ko‘proq ishlatilgan. Chunki qancha ochiq rangdagi kiyimlarni kiysangiz, kayfiyatingiz shuncha ko‘tariladi. Paxta matosidan tikilgan yengil shim topik bilan juda chiroyli ko‘rinadi.