Volvo kompaniyasi 14 yil davomida V70 universal modeli bilan 1 million mil (qariyb 1,6 million kilometr) 25 masofani bosib o‘tgan kanadalik mijozi haqida so‘zlab berdi, deb xabar qiladi Motor.

Foto: Motor

Shved markasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu kabi muhim hodisa sabab kompaniya ayolga esdalik sovg‘alarini topshirgan. Ammo gap nima haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Ayol avtomobilini turmush o‘rtog‘i bilan dilerning salonidan xayriya tadbirlarini tashkillashtirishda foydalanish uchun xarid qilgan. Avtomobil muntazam e’tiborga bo‘lgani uchun u yaxshi holatda saqlanib qolgan.

Foto: Motor

Kompaniya ayol aynan nima ish qilgani haqida batafsil ma’lumot bermagan. Biroq ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ayol Volvo’ning V60 universalini xarid qilgan. Shunga qaramay, oila eski avtomobilini sotishni istamagan va hozirda ham undan foydalanib kelmoqda.