24-mart, seshanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Uxandagi Dongfeng Honda kompaniyasi ishchilari bir-biridan 1,5 metr masofa saqlab tushlik qilmoqda. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi COVID-19 tufayli uzoq tanaffusdan so‘ng ishchilarning 95 foizi ishga qaytgan.

Foto: EPA

Oq uyda koronavirus bo‘yicha Donald Tramp ishtirokidagi har kunlik brifing oldidan ishchilar minbarni dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters

Italiya koronavirus yuqtirib olganlar soni bo‘yicha Yevropada birinchi, qurbonlar soni bo‘yicha esa dunyoda birinchi bo‘lib turibdi. Italiyada hozirgacha 6820 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Foto: Reuters

Toshkent shahridagi “Erkin” postini qo‘riqlayotgan harbiylar. 24-mart soat 00:01 dan boshlab poytaxtga avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temiryo‘l transport vositalari orqali kirish taqiqlangan.

Foto: “Daryo”

Braziliyada koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida tibbiyot xodimi keksa ayolni grippga qarshi emlamoqda.

Foto: Reuters

Vladimir Putin koronavirus yuqtirishda gumonlangan bemorlar joylashtirilgan shifoxonaga tashrif buyurdi. Prezident sariq himoya kostyumi kiyib oldi.

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Moskvadagi koronavirusga chalinishda gumon qilingan bemorlar shifoxonasidagi Vladimir Putin.

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Britaniyadagi umummilliy karantinning birinchi kunida bo‘sh ko‘chalarda ketayotgan yolg‘iz velosipedchi.

Foto: Getty Images

Shveysariyaning Syurix shahridan Kubaning Gavana shahriga uchayotgan oxirgi samolyotdagi kubalik yo‘lovchi. 315 kishiga mo‘ljallangan samolyotda 12 kishi uchib ketdi.

Foto: Getty Images

Avstriya poytaxti Venadagi dramaturg, komediya aktyori, opera qo‘shiqchisi bo‘lgan Iogann Nestroyning haykaliga niqob taqib qo‘yildi.

Foto: Getty Images

Kambodjada kiyilgan oyoq kiyimlarni sotishga olib ketayotgan erkak.

Foto: AFP

Donald Trampning Oq uydagi brifingda nutqi yozilgan qog‘ozda “Xitoyning” deb yozilgan so‘zning ustidan chizib qo‘yilgan.

Foto: Getty Images

Jazoirdagi xiyobonni dezinfeksiya qilayotgan ishchi.

Foto: Reuters

Pekindagi bog‘da niqob taqib daraxt ustida o‘tirgan qo‘riqchi.

Foto: Reuters

Oklaxoma shtatidagi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘planib turgan American Airlines kompaniyasining samolyotlari.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Banda-Achex shahridagi bozorda niqob taqib ketayotgan ayol.

Foto: Reuters

Shveysariyaning Montryo shahridagi Freddi Merkyurining haykaliga niqob taqilib, “Uyda qoling” yozuvi osib qo‘yildi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 9 mingdan oshib ketdi.

Foto: EPA

Misrda muzeylar va obidalar dezinfeksiya qilinmoqda.

Foto: AP Photo

Katmandudagi bo‘m-bo‘sh ko‘chadan ketayotgan ikki kishi. Nepalda umummilliy karantin e’lon qilingan.

Foto: EPA

Bangkokdagi transport departamenti bo‘limida dezinfeksiya ishlarini olib borayotgan askar.

Foto: AFP

Polshaning Krakov shahridagi Eros Bendato haykaliga niqob taqib qo‘yildi.

Foto: Reuters

Seul markazidagi ibodatxonada Buddaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bezatilgan chiroqlar. Buddaning tug‘ilgan kuni 30-aprel kuni nishonlanadi.

Foto: Getty Images