AQShning Oregon shtatida yashovchi ayol xayrli amali unga omad keltirganini ta’kidlamoqda, deb yozadi UPI.

Foto: UPI

Anna Charkovich va uning eri Brayan ko‘chada adashib qolgan bolani uchratib qoldi hamda uni uyiga eltib qo‘ydi. Anna ushbu voqeadan so‘ng Oregon Lottery Raffle lotereyasi chiptasini sotib oldi.

“Birovga yaxshilik qildimmi, men bilan ham yaxshilik yuz berishi kerak, deb o‘yladim. Yutishimni oldindan sezdim, intuitsiya menga pand bermadi”, — deydi ayol.

Lotereyadan er-xotinga bir million dollar chiqdi. Ayol va uning turmush o‘rtog‘i pullarni mamlakat iqtisodiyoti barqarorlashmaguncha ishlatmay turishga qaror qildi.

“Hozir iqtisodiyotning holati tushunarsiz. Shuning uchun pulni ehtiyot qilishimiz kerak”, — deydi Brayan.