“Barselona”ning ayrim futbolchilari maoshlar 70 foizgacha qisqarishiga qarshi chiqdi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, katalon klubi moliyaviy yo‘qotishlarni hisoblab chiqqan va futbolchilarni maoshining bir qismidan voz kechishga chaqirgan. Bir qator futbolchilar bunga rozilik bergan bo‘lsa, ayrimlari ushbu qarorga qarshi chiqqan.

“Barselona” Ispaniyadagi karantin vaqtida shu chorani qo‘llamoqchi. So‘nggi bir necha haftadagi maoshning 70 foizga qisqarishidan futbolchilar yillik daromadining 5—10 foizini yo‘qotadi, boshqa manbaga ko‘ra, bu 20 foizgacha boradi.

26-mart holatiga ko‘ra Ispaniyada COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan soni 50 mingga yaqinlashib qoldi, kurbonlar soni 3600 dan oshib ketgan. Yana besh mingdan oshiq kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!