Hindistonda samolyot ekipajining koronavirus tufayli kabina oynasidan tushgani videoga muhrlandi, deb xabar berdi Daily Mail.

Foto: Pixabay

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qo‘rqib ketgan ekipaj a’zolarining samolyot kabinasi oynasidan tushayotgani aks etgan. Ularning o‘zini bunday tutishiga samolyotda koronavirusni yuqtirgani taxmin qilingan yo‘lovchi borligi sabab bo‘lgan.

Yo‘lovchi uchuvchilarga yaqin joyda o‘tirgani uchun ular salonga kirmaslikka qaror qilgan. Qolgan yo‘lovchilar avariyaviy chiqish yo‘lagidan evakuatsiya qilingan, uchuvchilar kabina oynasidan tushgan.

Qayd etilishicha, ekipaj a’zolari karantinga joylashtirilgan, samolyot dezinfeksiya qilingan. Samolyotning barcha yo‘lovchilari koronavirusga test topshirgan. Natijalar salbiy chiqqan.