Koronavirus, karantin, izolyatsiya haqida gapirmagan mashhurning, fikr bildirmagan yulduzning o‘zi qolmadi. Shu jumladan, shahzoda Garri va malika Megan Markl ham bunday vaziyatga befarq qaramadi, deb yozadi Elle nashri.

Foto: Time

Juftlik Instagram’dagi rasmiy sahifasida shifokorlarning “Biz siz uchun ishda qoldik, siz biz uchun uyda qoling”, deb yozilgan qog‘ozni ushlab tushgan suratini joylab, odamlarni o‘zi va atrofdagilar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun uydan chiqmaslikka chaqirgan.

Foto: Elle

Bundan tashqari, qirollik oilasi vakillari JSST tomonidan pandemiya vaqtida amal qilinishi kerak bo‘lgan rasmiy tavsiyalar ro‘yxati bilan bo‘lishgan.

  • Muntazam ravishda qo‘llaringizni yuving.
  • Iloji bo‘lsa, ko‘zingiz, burningiz va og‘zingizga qo‘lingiz bilan tegmang.
  • Nafas olish yo‘llarining gigiyenik qoidalariga amal qiling.
  • Ijtimoiy masofani saqlang.
  • Agar sizda kasallik simptomlari kuzatilsa, tibbiyot xodimlariga zudlik bilan murojaat qiling.
  • So‘nggi yangiliklarni kuzatib boring va mamlakatingizdagi tibbiyot mutaxassislari tavsiyalariga rioya qiling.