Angliyaning The Guardian nashri Premyer Liga joriy mavsumi bo‘yicha laureatlarni e’lon qildi.

Foto: The Guardian

Unga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane e’tirof etildi. Senegallik futbolchi chempionatning 26 o‘yinida 14 gol va 9 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Eng yaxshi yosh o‘yinchi nomiga “Vulverhempton” yarim himoyachisi Adama Traore loyiq ko‘rildi. U mavsum davomida 4 ta gol va 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Quyida barcha sovrindorlar bilan tanishing:

Eng yaxshi murabbiy — Kris Uaylder (“Sheffild Yunayted”);

Eng chiroyli gol — Kevin de Bryuynening “Nyukasl”ga (2:2) urgan goli;

Eng yaxshi transfer — Denni Ingz (“Liverpul”dan “Sauthempton”ga);

Eng yaxshi o‘yin — “Vulverhempton”—“Manchester Siti” 3:2;

Eng omadsiz klub — “Tottenhem”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!