Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.

Foto: “Daryo”

Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikada infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati davom etadigan dehqon bozorlari va oziq-ovqat do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi bo‘lmasligi haqida rasmiy bayonot bilan chiqqan. Unga ko‘ra, mamlakatda aholini mahsulotlar bilan uzluksiz, barqaror narxlarda ta’minlash va zaxirasini yaratish borasida hech qanday muammo mavjud emas. Bahor oylarida aholini kartoshkaga bo‘lgan talab va bozorlardagi narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar qilingani keltirilgan.

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qilgandi. Tadbirkorlardan esa koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olingan. Respublika maxsus komissiyasi shu yilning 19-mart kuni mamlakat hududidagi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini ham vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan.

“Daryo” muxbiri faoliyati karantin tufayli vaqtincha to‘xtatilgan buyum bozorlari hamda ayni vaqtda ishlab turgan dehqon bozorlarida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.

Odatda, odamlar va transport vositalari bilan gavjum bo‘ladigan Toshkent halqa avtomobil yo‘li

Foto: “Daryo”

“Toshkent savdo majmuasi” (sobiq “Abu Saxiy” bozori) hududidagi doim to‘la turadigan gipermarket avtoturargohi karantinda

Foto: “Daryo”

“Toshkent savdo majmuasi” (sobiq “Abu Saxiy” bozori) hududidagi savdo nuqtalari karantinda 

Foto: “Daryo”

Toshkent halqa avtomobil yo‘li

Foto: “Daryo”

“Toshkent savdo majmuasi”dan “Bek Baraka” savdo majmuasiga olib o‘tuvchi yerosti yo‘li

Foto: “Daryo”

“Bek Baraka” savdo majmuasi yerosti yo‘lining chiqish qismi karantin tufayli berkitilgan

Foto: “Daryo”

“Bek Baraka” savdo majmuasining yerosti yo‘li

Foto: “Daryo”

Yerosti yo‘lida koronavirus infeksiyasi davrida salomlashish qoidalari aks etgan maxsus plakatlar yopishtirilgan

Foto: “Daryo”

“Bek Baraka” savdo majmuasidagi karantindan ogohlantiruvchi ma’lumot

Foto: “Daryo”

“Bek Baraka” savdo majmuasi hududi karantinda

Foto: “Daryo”

“Bek Baraka” savdo majmuasi hududidagi savdo nuqtalari karantinda

Foto: “Daryo”

“Bek Baraka” savdo majmuasi savdo rastalari

Foto: “Daryo”

Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan “Toshkent savdo majmuasi” bekati hududi

Foto: “Daryo”

Toshkent shahridagi faoliyati odatiy tartibda davom etayotgan dehqon bozorlari manzarasi

Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi savdo jarayoni

Foto: “Daryo”

Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi savdo jarayoni

Foto: “Daryo”

Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi savdo jarayoni

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Chilonzor tumanidagi “Farhod” dehqon bozoridagi ziravorlar rastasi va niqob taqqan savdogar

Foto: “Daryo”

Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozori

Foto: “Daryo”

Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozori

Foto: “Daryo”

Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozori. Isiriq rastasi

Foto: “Daryo”

Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozoridagi narx-navo

Foto: “Daryo”

Chilonzor savdo markazi hududidagi dehqon bozorida narx-navo

Foto: “Daryo”