Niderlandiyaning “Vitess” futbol klubi sobiq prezidenti Kes Bakker koronavirus tufayli vafot etdi, deya habar qilmoqda De Gelderlander.

Foto: Twitter

76 yoshli funksioner 25-mart kuni olamdan ko‘z yumgan. Bakker 21-mart kuni koronavirus tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Ta’kidlanishicha, Kes avvalroq o‘pka saratonidan aziyat chekkan.

Bakker “Vitess”dagi faoliyati mobaynida bir qancha lavozimlarda ishlagan. 2016-yilda u ma’lum vaqt klub boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandi. Bakker 7-mart kuni Eredviziya doirasidagi “Vitess”—“Tvente” 1:0 uchrashuviga tashrif buyurgandi.

“Vitess”ga qadar u olti yil mobaynida Arnem shahrida politsiya rahbari bo‘lib ishlagan.

26-mart holatiga Niderlandiyada COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 6400 kishidan oshdi. Qurbonlar soni 356 nafarga yetgan.