Nokia kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan Nokia 5310 tugmali telefoni narxini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Kadr: Nokia

Kompaniya saytida aytilishicha, yangi telefonning narxi 51 dollar.

Telefon o‘zining dastlabki ko‘rinishini saqlab qoldi. Uning ekrani hajmi 2,4 dyuym, 8 megapikselli kamerasi bor.

Shuningdek, yangi telefon XpressMusic liniyasidagi barcha gadjetlarda bo‘ladigan multimedia tugmalariga ham ega.

Yangilangan Nokia 5310’ning original modeli 2007-yilda ilk marta ishlab chiqarilgan.