Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida O‘zbekistonda yirik shaharlarga kirish-chiqish birin-ketin yopilmoqda.

Ushbu cheklovlar barcha turdagi transport vositalari, jumladan, avtobuslar, mikroavtobuslar va yengil atvomobillarda kirish va chiqishga taalluqli, ammo yuk tashuvlari, cheklov o‘rnatilgan hududda doimiy yashovchilarning kirib kelishi va koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga jalb etilganlarga daxl qilmaydi.

Kirish-chiqishga cheklov o‘rnatilgan shaharlar (27-mart soat 13:45 holatiga ko‘ra):

  • Toshkent — 24-mart soat 00:01 dan boshlab;
  • Namangan — 26-mart soat 00:01 dan boshlab;
  • Andijon — 27-mart soat 00:01 dan boshlab;
  • Guliston — 27-mart soat 00:01 dan boshlab;
  • Buxoro — 27-mart soat 00:01 dan boshlab;
  • Samarqand — 27-mart soat 6:00 dan boshlab;
  • Navoiy — 27-mart soat 12:00 dan boshlab;
  • Zarafshon — 27-mart soat 12:00 dan boshlab.
  • Qarshi — 28-mart soat 00:01 dan boshlab.

Shuningdek, 27-mart soat 12:00 dan boshlab Navoiy viloyatining Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga ham kirish-chiqish cheklandi.

Avvalroq karantin davrida viloyatlarda ilgari faoliyat yuritgan postlar faoliyati vaqtincha tiklanishi ma’lum qilingan edi. Jumladan, 24-mart kunidan boshlab Surxondaryo viloyatiga “Darband” posti orqali kirish vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Aynan 24-martdan boshlab Qamchiq dovoni bo‘ylab avtotransportlar harakati to‘xtatildi. 27-mart soat 10:00 dan boshlab esa viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi transport vositalarida — yengil avtomobil, avtobus, avia va temiryo‘lda harakatlanish to‘xtatildi.