Belarus chempionatining 2-turidan o‘rin olgan bahsda “Energetik-BGU” 27-mart, juma kuni “Rux Brest” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 43-daqiqasida Jasur Yaxshiboyevning burchakdan uzatib bergan to‘pini Daniil Miroshnikov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Bu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Mazkur uchrashuvda Yaxshiboyev asosiy tarkibda maydonga tushib, 61-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov 73-daqiqada maydonga tushirildi.

Shu tariqa minskliklar ketma-ket ikkinchi o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi. Liga debyutanti esa musobaqadagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.

1-turda “talabalar” Minskda BATE klubini qabul qilgan va nomdor raqibni 3:1 hisobida taslim etgandi. O‘sha uchrashuvda Jasur dubl qayd etgandi. Bugun esa futbolchi o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Yevropa mintaqasida faqatgina Belarus chempionati davom etmoqda. Qolgan barcha ligalar koronavirus sabab to‘xtab qolgan.

Belarus chempionati

2-tur bahsi

27-mart, juma

“Rux”— “Energetik-BGU” 0:1

Gol: 0:1 – 43 Miroshnikov.

“Rux Brest”: Nechayev, Gayduchik, Kolpachuk, Migunov, Kovtun, Vilyam, Tixonovskiy, Osuchukvu, Grechixo, Konsevoy, Petrenko.

“Energetik-BGU”: Lesko, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev (Bakich, 61), Girs, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Umarov, 73).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!