AQSh hukumati mamlakat aholisining bir joydan boshqa joyga ko‘chayotganini ularning smartfonlari orqali kuzatmoqda. Bu koronavirus pandemiyasining tarqalish marshrutini yaxshiroq tushunish uchun amalda oshirilyapti, deb yozadi The Wall Street Journal.

Foto: “NV.ru”

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat amerikaliklarning joylashgan joyi haqidagi ma’lumotlarni uyali aloqa operatorlaridan emas, balki mobil dasturlarga e’lon joylashtiradigan reklama beruvchilardan oladi. Ushbu ma’lumotlar aniq bir shaxsni ko‘rsatmaydi — hukumat insonning faqat harakat marshrutini ko‘ra oladi, biroq na uning shaxsini va na telefonini kuzata oladi.

Ta’kidlanishicha, insonlarning harakat marshruti AQShdagi 500 dan ortiq yirik shaharlarda kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 26-mart kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketgan. Hozirda mamlakatning 142 mingdan ortiq aholisi virusni yuqtirib olgan. COVID-19 pandemiyasi tarqalgan Xitoy ichkarisida esa koronavirus infeksiyasining tarqalishi to‘xtagan.