Johnson & Johnson kompaniyasi 2020-yilning sentabr oyidan odamlarda koronavirusga qarshi tajriba vaksinasining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “Interfaks”

Ma’lum qilinishicha, kompaniya odamlarda koronavirusga qarshi tajriba vaksinasining klinik tadqiqotlarini kechi bilan 2020-yil sentabridan boshlaydi.

Fevral o‘rtalarida Johnson & Johnson koronavirusga qarshi tajriba vaksinasini ishlab chiqishni boshlaganini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangan, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, avvalroq Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.