Instagram’da Buyuk Britaniya malikasi Keyt Middltonning Kensington saroyidagi ofisda tushgan surati e’lon qilindi. Ziyrak jurnalistlar Keytning ish stolidagi kitoblarga e’tibor qaratib, uning qanday kitoblar o‘qishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Elle nashri.

Foto: Elle

Suratdagi kitoblar Penguin Classics nashri tomonidan chop etilgan bo‘lib, ularga nazar tashlansa, yozuvchi Jeyn Ostin Kembrij gersoginyasining eng sevimli yozuvchisi ekanini xulosa qilish mumkin.

Foto: Elle

Malika ish joyida qanday kitoblar o‘qishini e’tiboringizga havola etamiz:

  • Jeyn Ostin — “Nortenger abbatligi”;
  • Jeyn Ostin — “Mensifild bog‘i”;
  • Gomer — “Odisseya”;
  • Jorj Eliot — “O‘zgarishlar shamoli”;
  • Jeyn Ostin — “Aql asosi”.

Mavzuga doir: