Amerika kosmik agentligi (NASA)ning “Yunona” nomli tadqiqot sun’iy yo‘ldoshi Yupiter sayyorasini suratga olib, uni Yerga yubordi, deb xabar beradi Intelligent Living.

Foto: NASA

NASA sun’iy yo‘ldoshi gazli gigantning yuzasida kezib yurgan ikkita changli po‘rtanani suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

“Yunona” ushbu suratlarni dekabr oyi oxirida amalga oshirgan so‘nggi nazorat parvozi vaqtida olgan.

Kadrlarda sayyora yuzasidagi sarg‘ish dog‘larni ko‘rish mumkin. Bu qariyb 150 yildan buyon davom etayotgan changli to‘fon bo‘lib, u yana bir necha o‘n yil davom etadi. Chunki Yupiter sathida deyarli qattiq tuproq qatlami mavjud emas.

Foto: NASA

Foto: NASA

Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh kuch to‘plab, to‘fonga aylanishga tayyorlanayotgan Oval BA’ni ham suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. U ulkan po‘rtana shaklida bo‘lib, alohida uchta to‘fonning qo‘shilishi natijasida ikki ming yillar oydin paydo bo‘lgan.

Foto: NASA

Foto: NASA

Foto: NASA

Foto: NASA